"SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING" FESTIVALI YAKUNLANDI  

#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing

Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing”  nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish  platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Nurafshon shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtdi.

Yakuniy festivalda mezbon taʼlim maskani bilan birgalikda Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoa ishtirok etdi.

Festival doirasida sport mashgʻulotlari, science, robototexnika oʻqituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar oʻtkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi.

Festival nihoyasida  ikki taʼlim muassasasi oʻquvchilari va ustozlari oʻrtasida doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.