Sport- salomatlik garovi

Sport- salomatlik garovi. Prezident ta’lim muassasalari agentligida xodimlar o‘rtasida muntazam ravishda sport tadbirlari tashkil etib kelinadi.

Sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida Agentlikda haftaning muayyan kunlari  “Sport kunlari” deb e’lon qilingan.

Ushbu tadbirlar sportga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish bilan birga sog‘likni va o‘zaro do‘stona muloqotni yaxshilashga ham yordam beradi.