STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazildi

#Agentlik_fan_olimpiadasi
#10_11_may

 

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi barcha hududlarda yakunlandi.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazildi.

Ma'lumot uchun, Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi shu yilning 23-24-fevral kunlari o’tkazilgan edi. (https://t.me/piimauz/14381)

Natijalar markazlashgan holda Toshkent shahrida Hakamlar hayʼati tomonidan tekshiriladi. Gʻolib va sovrindorlar joriy oʻquv yilining yakunida tantanali tarzda taqdirlanadi.