"Ta'lim va taraqqiyot" (UKFIET) forumi tomonidan "Ta'limni va treninglarni qayta tiklash: imidj, yondashuv va taqsimot"

Joriy yilning 13-17-sentabr kunlari "Ta'lim va taraqqiyot" (UKFIET) forumi tomonidan "Ta'limni va treninglarni qayta tiklash: imidj, yondashuv va taqsimot" mavzusida 16-xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Forum doirasida, jumladan ta'limda innovatsiyalarni o'rganish, pandemiyadan keyingi sharoitda ta'lim tizimi, o'qituvchilar kasbiy mahoratini yaxshilash va ta'limda boshqaruv va tadqiqot usullari muhokama qilinishi ko'zda tutilgan.

Mazkur forumda onlayn tarzda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo'limi boshlig'i Nargiza Kuchkarova ham ishtirok etib, Agentlik tomonidan pedagoglar malakasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan loyihalar haqida so'zga chiqdi.

Forum davomida O'zbekistondagi ta'lim tizimi, xususan Agentlik tizimidagi maktablarda so'nggi yillarda qilingan ishlar hamda qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida so'z yuritildi.