Tanlovning 2-bosqichi o'z nihoyasiga yetdi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hamda hududlarda qurilayotgan Prezident maktablariga malakali pedagog kadrlarni jalb qilish, ularni saralash maqsadida Agentlik tomonidan tanlov e'lon qilingan edi. Arizalar job.piima.uz platformasi orqali onlayn qabul qilindi. Tanlov 3 bosqichda o'tkazilmoqda. 

Agentlik tasarrufidagi maktablarga ishga ariza topshirgan va birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar uchun hududlarda 2-bosqich test sinovlari bo'lib o'tdi.

Nurafshon tumanidagi Prezident maktabiga ariza topshirgan pedagoglar uchun test sinovlari Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida, Sirdaryodagi Prezident maktabiga ariza topshirgan pedagoglar uchun imtihonlar Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida tashkillashtirildi. Qolgan hududlaridagi test sinovlari hududiy malaka oshirish markazlarida bo‘lib oʻtdi.

Test sinovlaridan yuqori natijalarni qo'lga kiritgan talabgorlar tanlovning 3-bosqichiga yo‘llanma olishadi.