#hamkorlik_memorandumi
#Farmon_ijrosi_amalda
Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatri oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida imzolangan ushbu memorandum oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ijodiy salohiyati va mahoratini rivojlantirish kabi vazifalarni hamkorlikda amalga oshirishni koʻzda tutadi.