#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
Bugun, Agentlikning Namangan viloyatida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:
Namangan viloyati bosqichida - Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi "Turkiston bolalari" spektakli bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.