"Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyining bir guruh pedagog-o'qituvchilari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lishdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyining bir guruh pedagog-o'qituvchilari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lishdi.

Uchrashuv davomida  mutaxassislar ishtirokida seminar o'tkazildi.

Ushbu seminar O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati va O'zbekiston Respublikasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi o'rtasida imzolangan "Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga tatbiq etish to‘g‘risida"gi Qo'shma qaror doirasida o'tkazildi.

Unda Agentlik tizimidagi maktablarda joriy etilgan ilg'or tajriba va metodikalar yuzasidan o'rtoqlashildi.

Shuningdek, mehmonlarga maktab hududi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.