Termiz shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yiliga start berildi

Bugun, 1-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida yangi o'quv yiliga start berildi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi:

- Sifatli ta'lim va malakali kadrlar mamlakatning rivoj topishidagi eng muhim omil hisoblanadi. Umid qilamaki, bugun mening qarshimda turgan siz yoshlar ertaga yurtimiz taraqqiyotining yangi davrini boshlab berasizlar. Hammangizga bu yo'lda zafar yor bo'lsin.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi  To'ra Bobolov va jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, o'quvchilarni yangi o'quv yili bilan tabriklashdi va kelgusi ishlarida omad tilashdi.