“Nazm Dorilfununining buyuk shoiri”

O‘zbekiston Qahramoni va  xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80  yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatida “Nazm Dorilfununining buyuk shoiri” mavzusida xotira kechasi tashkil etildi. 

Prezident, ijod va ixtitsoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi,  Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda Abdulla Oripov ijod maktabi hamkorlikda tashkil etgan ushbu xotira kechasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov,  Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent  shahridagi filiali rektori Qalandar Abdurahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari  va viloyat faollari tashrif buyurib, buyuk shoir Abdulla Oripov haykali poyiga gul qo'yishdi va shoir muzeyi eksponatlari bilan ham tanishishdi.

Faollar zalida "Nazm dorilfununi ning buyuk shoiri"  mavzusidagi xotira kechasining tantanali ochilishidan so‘ng Akmal Saidov,  G‘ulom Mirzo,  Qalandar Abdurahmonovlar muallifligida nashr etilgan "O'zbekiston - dilbar vatanim"  kitobining taqdimoti o'tkazildi.