“TIRIK SAYYORA” HUJJATLI FILMINING SURATGA OLISH ISHLARI BOSHLANDI

 

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda.

Ssenariy muallifi Xurshid Do‘stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov.

 Mazkur film syomkalari adib yashagan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi xonadonida, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog‘ida, shoir nomidagi ijod maktabida, muzeylarda bo‘lib o‘tadi, xronikal tasvirlar ko‘rsatiladi, muallifning lirik she’rlaridan parchalar o‘qiladi, oila a’zolari, shogirdlari, adabiyotshunos olimlar va boshqa mutaxassislar intervyularidan foydalaniladi.