Ijod maktablariga hujjat topshirayotganlar diqqatiga!

IJOD MAKTABLARI IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI QABUL QILISHDA DAVOM ETMOQDA

Ijod maktablariga 2021/2022 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25 IYUNga qadar ONLAYN shaklda portal.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

  • • tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki kinder pasport nusxasi;
  • • 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
  • • baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

Pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?

  • Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 7- 8- sinflarga
  • Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 7-8 sinflarga
  • Ogahiy nomidagi Ijod maktabiga 7-,8-, 9- sinflarga
  • Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 7-8 –sinflarga
  • Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 7-, 8-, 9-sinflarga
  • Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 7-, 8-, 9-, 10- sinflarga
  • Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 7-8-sinflarga
  • Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 7-8- sinflarga
  • Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 7- sinfga o‘quvchilar qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?

Ijod maktablariga saralash imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi bosqichlarda ballar taqsimotiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. 1️-bosqich: ijodiy imtihon - 100 ball;
  2. 2️-bosqich: test sinovi - 83 ball (ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test
  3. (3,1 ball), chet tili fanidan 10 ta test (2,1 ball), jami 30 ta test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:

  • 1️-bosqich: ijodiy imtihon - 100 ball; (Bu bosqich ikki turdan iborat: 1) yozma ish 2) og'zaki suhbat )
  • 2️-bosqich: test sinovi - 83 ball (chet tili fanidan 20 ta test (3,1 ball), ona tili va adabiyot fanidan 10 ta test (2,1 ball), jami 30 ta test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy (ingliz) tilida o'tkaziladi.

Qabul jarayoni va tartibi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot:

“Call-markaz” qisqa raqami: 1206; 71 207-72-22
Internet: portal.piima.uz
Telegram: @piimauz
Facebook: piima.uz