Toshkent Prezident maktabida ochiq eshiklar kuni (Video)

Agentlik tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi faoliyati va qabul jarayonlariga  tayyorgarlik yuzasidan ochiq eshiklar kuni o‘tkazilmoqda. Unda ota-onalar va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Maktab faoliyati va qabul jarayonlari haqida  maktabning ijrochi direktori To'raboy Shermatov  batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng,  o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari  Anmari Anderson Cambridge International Education dasturi to‘g‘risida gapirdi.

Shuningdek, ochiq eshiklar kuni doirasida Toshkent  shahridagi Prezident maktabidagi  dars jarayonlari va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, savol-javoblar hamda davra suhbati asnosida jurnalistlar savollarga javob olishmoqda.