Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi "Mard o‘g‘lon" mukofoti bilan taqdirlandi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi  tizimidagi  maktablar o'qituvchilari bilan bir qatorda o'quvchisi ham "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu ro'yxatdan Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Firdavs Abduqayumov  ham joy oldi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz,  Firdavs 12 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasining 1 005 000 AQSh dollari miqdoridagi grantlari sohibi  ham bo'lgan.