Toshkent shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi.  

⏺ Ochiq eshiklar kunida:

➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.
 
📆 26-may
⏰ Soat 09:00 dan 15:00 gacha
📍Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Do’rmon Yo’li ko’chasi, 31-B (Mo’ljal: Akademiklar shaharchasi)

Maʼlumot uchun:
+998 71 207-99-98

Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@tashkentps_event_bot