Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi 61- Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etmoqda

Yurtimiz vaqti bilan soat 13:00 da boshlangan 61- Xalqaro matematika olimpiadasining Oʻzbekiston terma jamoasida eng yosh ishtirokchilardan biri Toshkent shahar Prezident maktabi oʻquvchisi Muhammadrizo Majidov ham vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Joriy yilning 21-22-sentyabr kunlari 61 — Xalqaro olimpiada tarixida birinchi marta Covid-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida onlayn formatda oʻtkaziladi.

Mazkur olimpiadada dunyoning 107 mamlakatidan 622 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston sharafini esa quyidagi 6 nafar oʻquvchi himoya qilishadi:

1. Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 5-IDUMning 10-sinf oʻquvchisi;

2. Jahongir Norboyev — Buxoro viloyati Peshku tumani 18-maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

3. Shahboz Hasanov — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Qorakoʻl akademik litseyining 2-kurs oʻquvchisi;

4. Ibrohim Mirgʻiyosov — Namangan viloyati Namangan shahri NamDU akademik litseyining 2-kurs oʻquvchisi;

5. Muhammadrizo Majidov — Toshkent shahar Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi;

6. Eldor Neymatov — Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-IDUMning 11-sinf oʻquvchisi.

Olimpiada shartiga koʻra, har bir ishtirokchi 4,5 soat davomida 3 ta topshiriqni yechib, uni asoslab berishi lozim. Soʻngra har bir ishtirokchining yakuniy toʻplagan ballari asosida Hakamlar hayʼati tomonidan gʻoliblar aniqlanadi.

Ushbu xalqaro olimpiadada qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoamizning barcha aʼzolariga muvaffaqiyat tilaymiz.

Sankt-Peterburg shahrida onlayn formatda 61-xalqaro matematika olimpiadasining tantanali ochilish marosimini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/channel/UCYxJDBiB5_etj-B_HVqkOaQ.