Toshkent shahridagi Prezident maktabida "So'nggi qo'ng'iroq"


Toshkent shahridagi Prezident maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri  o‘tkazildi.

 Mazkur tadbirda maktab o‘quvchilarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.  Мaktabning mahalliy va xorijiy o‘qituvchilari video-tabrik taqdim etishdi. Shuningdek, intellektual marafon tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi. Shu o‘rinda robototexnika musoboqasi g‘oliblari ham mukofotlandi.

“Havas” guruhi bayram tabrigi va boshqa musiqiy chiqishlardan so‘ng  iqtidorli o‘quvchilar va ularning ota-onalari ham alohida e’tirof etilib, taqdirlandi.