Turkiyada bo‘lib o‘tgan 14-Xalqaro fanlar olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz O‘zbekistonga yetib kelishdi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan 14-Xalqaro fanlar olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz O‘zbekistonga yetib kelishdi.

G‘oliblarimiz Turkiyaning Antaliya shahridan 22:10 dagi reys bilan uchib kelishdi. Ularni Agentlik vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olishdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimizni tabriklab, ularning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilaymiz.
_______________

Ma’lumot uchun, mazkur olimpiada joriy yilning 30-oktabrda 6-noyabrga qadar Turkiya davlatida bo‘lib o‘tdi.  Unda 3 nafar o‘quvchimiz 4 ta medal sohibi bo‘lishgan edi.