Turkiyaning Anqara shahrida “Iqlim o‘zgarishi va bolalar ishtiroki” mavzusida 23-xalqaro bolalar forumi o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan ushbu forumda 18 ta davlatdan kelgan vakillar qatnashmoqda.  

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Javohir Salomov O‘zbekiston yoshari vakili sifatida ishtirok etmoqda. 

Forum iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq umumiy jarayonlarda o‘tayotgan turli madaniyatlarga mansub bolalar o‘rtasida hamkorlikni va madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur Xalqaro forum Turkiya Oila va Ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.