Kitob oʻqing

Kitob oʻqing

Kitob bu biz uchun dur-u gavhardir,
Balki, bu maʼvoda dunyolar jamdir.
Alisher u tufayli Navoiy hamdir,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

Oppoq qalbga kitob ila mehr sochib,
Ochilmagan qirralarni bizlar ochib.
Begʻubor qalblar ham mehrdan toshib,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

Kitob bu yuraklar ozuqasidir,
Kitob bu jahonning falsafasidir.
Kitob bu hayotning masalasidir,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

Kitob erur, goʻyo daraxt ildizi,
Kitob erur, goʻyo osmon yulduzi.
Bizlarni kutmoqda, bobolar izi,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

Kitobni qiyoslang, daryo, ummonga,
Kitobni qiyoslang, dunyo, jahonga.
Kitobni qiyoslang, Oybek, Choʻlponga,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

Kitoblarda dunyo ilmi jam boʻlgan,
Kitob oʻqib, ayting, kimlar kam boʻlgan.
Qoʻllarida kitob, bilim jam boʻlgan,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

Kitobni hayotning maʼnosi biling,
Kitob oʻqib, hatto, dunyo kashf qiling.
Eshitganlaringiz quloqqa iling,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

Kitob berar koʻnglingizga biroz malham,
Unda hayo, ibo, hamda goʻzallik jam.
Kitob oʻqib buyuk boʻldi Ogahiy ham,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

Kitob ila yoʻlingiz nur, kelajak porloq,
Kitob ila zehningiz dur, toleyingiz oq.
Kitob zimistonni yoritar chiroq,
Kitob oʻqing, azizlarim, kitob oʻqing.

 

✍️ Xorazm viloyati Ogahiy ijod maktabining 9- sinf oʻquvchisi Saparbayeva Ziyoda