Xalq shoiri tavalludining 80 yilligi ijod maktablarida keng nishonlanmoqda

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan 19-mart kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va bir qator  tashkilotlar bilan hamkorlikda  ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. 

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi harbiy orkestr jamoasi, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi havo hujumidan mudofaa qo'shinlar va harbiy havo kuchlari qo'mondonining o'rinbosari, polkovnik Usmanov Davron Abduqahharovich, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o'quv metodika va harbiy vatanparvarlik bo'limi boshlig'i Ma’mura Zohidovalar qatnashdi. 

"Qodiriy izdoshlari" to'garagi a’zolarining ijodiy chiqishlari barcha tamoshabinlarga manzur bo'ldi. Tadbir yakunida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari va hamkor tashkilotlar bilan Abdulla Oripov ijodidan qizg'in bahru-bayt o'tkazildi.