Xalqaro trening o'tkazildi

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablar o'qituvchilarining malakasini oshirish borasida  bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezident maktablarida joriy etilgan ustozlarni oʼqitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublari, taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʼqitishning fanlararo yondashuvi, shuningdek,  boshqa koʼplab ijobiy tajribalarini xalq taʼlimi tizimi bilan oʼrtoqlashish maqsadida seminar-treninglar tashkillashtirildi.  Xalqaro tajriba almashish va asosiysi o'qituvchilarni uzluksiz  malaka oshirish mexanizmini yaratish bo'yicha istiqbolli rejalar tuzildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o'qituvchisi Tomas Topham tomonidan olib borilgan mazkur seminar-trening Westmineter Universitetida  bir vaqtning o'zida online va offline tarzda o'tkazildi va unda 160 nafaradan ortiq o'qituvchi qatnashdi.