Xalqaro forum: Ta'lim islohoti yo'lida

Bundan qariyb bir asr avval ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy  o’z davrida yoshlar masalasini tahlil qilar ekan: “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat”, -  degan  fikr bildirgan edi.  Buni qarangki, shuncha vaqt o’tib ham ta’lim va tarbiya  davlat  siyosatining  ahamiyatli bo’g’ini bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, mustaqillikdan keyin  bu sohada bo’lgan o ‘zgarish  va islohotlarni sanab sanog’iga yeta olmaymiz. Dunyoda “Ustoz  va murabbiylar kuni’’  umumxalq  bayrami  sifatida  nishonlanadigan  mamlakatlar  sanoqli,  O’zbekiston  ana shunday sharafli va mashaqqatli kasb egalarini  ulug’laydigan va qadrlaydigan yurt hisoblanadi. Ta’lim  sohasidagi  izlanishlarning   samarali va natijali  g‘oyalaridan biri  Prezident  ta’lim  Muassasalarining  tashkil topishidir.  2019-yining 9-sentabrida yurtboshimizning”  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to’g’risida”gi  farmoni chiqdi. Agentliknikning asosiy  vazifasi  o’z bag’riga  iqtodorli, ijodkor, tashabbuskor  o’quvchlarni  qamrab olish, ularni  ijod  va ixtisoslashgan  maktablarda o’qitish  va tarbiyalash borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish  va samarali amalga oshirish, bu sohada ilg’or xorijiy tajribalarni qo’llash, o’ziga xos amaliyot markazi vazifasini bajarishdir. Keyinchalik ular tajribasi bosqichma-bosqich o’rta ta’lim maktablari tizimiga joriy qilish rejalashtirilgan.   Prezident ta’lim  muassasalari agentligi  tashabbusi bilan  2021-yilning 24-25  noyabr kunlari Toshkent  shahrida ”Yani  O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvafaqqiyatli  hamkorlik” mavzusida  xalqaro  ta’lim forumi o’tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu Forumdan kutilayotgan natijalar quyidagilar:

 

1.Tadbir ishtirokchilarining Yangi O’zbekistonda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi ortadi.

2.Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim tizimi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ladilar: milliy islohot va zamonaviy sifatli ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy “lokomotivi”ga aylanish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, maktablarning ijobiy tajribasi, kelajakda respublikadagi barcha umumta’lim maktablariga joriy etilishi zarur bo’lgan tajribalar muhokama qilinadi.

Forum doirasida Massachusets texnologiya instituti, Turkiya milliy ta’lim vazirligi, Nottingem Trend universiteti, Portsmut universiteti “TeamCoach International” bilan hamkorlik memorandumlari imzolanadi. Buning natijasi o’laroq, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatida hamkorlikning aniq yo’nalishlari belgilanadi, tajriba almashish jarayonida ta’lim sohasida mavjud muammolarga yechim topish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi baholanadi. Xususan,

- Xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yanada oshirish bo’yicha memorandumlar imzolanadi.

- Turkiya ta’lim vazirligi bilan “Kardesh Okullar” loyihasi doirasida maktablararo hamkorlik o’rnatiladi, o’quvchilarning xorijiy davlat maktablariga va xorijiy davlat o’quvchilarining Agentlik tizimidagi maktablarga qisqa muddatli tashrifini tashkil qilinadi (Student Exchange Programme);

- Nottingem Trend universiteti bilan hamkorlikda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar va pedagog kadrlarining malakasini xorijiy davlatlarda muntazam ravishda oshirib borishga erishiladi;

- Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar ma’muriyati va o’qituvchilarning uzluksiz kasbiy mahoratini oshirish uchun xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim modullari va kurslarini yaratishga erishiladi;

- Portsmut universiteti bilan xorijiy maktablar o’rtasida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatiladi;

- shu kabi yutuqlarga ega (fan olimpiadalari, tanlovlar g’oliblari) o’quvchilarni xorijiy davlatlardagi xalqaro forum va konferentsiyalarga yuborilishi yo’lga qo’yiladi;

- xalqaro tashkilotlar o’rtasida gibrid ta’lim platformasida hamkorlik amaliyotga joriy etiladi;

- Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda interfaol til darslari uchun aniq strategiyalar ishlab chiqiladi;

- Kembrij IGCSE dasturi asosida Global istiqbollar fani bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi;

- o’quvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni hamda  dars jarayonlarida mobillikni rivojlantirish choralari ko’riladi;

- Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida o’quvchilar bilimini baholash tizimi bosqichma-bosqich takomillashtiriladi;

- Tadqiqotchilikka asoslangan ta’limni rivojlantirish, faol mashqlar orqali o’quvchilarning tanqidiy fikrlashi va tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yiladi.

Tadbir ishtirokchilari “Yangi O’zbekiston” universiteti, uning faoliyat yo’nalishlari, maqsad va vazifalari, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishadilar. Bu o’z o’rnida xorijiy va mahalliy ko’zga ko’ringan professor-olimlarni, malakali o’qituvchi va xodimlarni, shuningdek, xorijiy talabalarni universitetga jalb qilishga asos bo’ladi.

Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasining jahon maydonida ijobiy imidjini yaratishga hissa qo’shadi.

Forum bo’yicha ma’lumotlar https://eduforum.uz/ saytida yoritiladi.