Xalqaro forumda Agentlik faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-avgust kuni Moskva shahrida "Ta'lim vaqti" nomli  forumga start berildi. Forum gibrid shaklda tashkil etilgan bo'lib, unda qatnashchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishmoqda.

Forum raqamli texnologiyalar sharoitida ta'lim tizimini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda, shuningdek ta'lim tizimidagi zamonaviy tendensiyalar, ta'limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi mavzular muhokama qilinadi.

Mazkur forumda Cambridge Assessment tashkilotining  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi – Stive King hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari Gavhar Ishimova ishtirok etishmoqda. Forum doirasida ishtirokchilar tomonidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi faoliyati taqdimoti ham bo'lib o'tdi.