Xalqaro hamkorlik yuzasidan Nottingham Trent University bilan uchrashuv

Bugun O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Prezident ta'lim muassasalari agentligi va  Nottingham Trent University vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, jumladan STEM fanlari o'qituvchilari malakasini oshirish, almashinuv dasturlari, britaniyalik olimlar uchun ta'lim yo'nalishida tadqiqotlar olib borish dasturlari  va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashinildi.

Unda, shuningdek Agentlik taqdimoti bo'lib o'tib, muassasa faoliyati va tizimdagi maktablar haqida ma'lumot berildi.