#Xalqaro_maktablar_kengashi_CIS
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida agentlik direktori Alisher Ubbiyev va CIS Yaqin Sharq va Afrika maktablarini qo‘llab-quvvatlash va baholash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Doktor Sudha Govindsvami hamda Iain Stirlinglar uchrashdi.
Tadbirda Agentlik tomonidan Prezident maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, qolaversa, mamlakatimizda ta'lim sohasidagi tub islohatlar haqida ko‘rgazmali materiallar taqdim qilindi.
Tashkilot vakillari aprel oyida bosqichma-bosqich tarzda Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarining faoliyatini o‘rganishadi.