Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi O‘zbekistonda

Joriy yilning 9-16-may kunlari  bo‘lib o‘tadigan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi. 

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan ushbu nufuzli olimpidada Avstriya,  BAA, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Xorvatiya, Vengriya, Isroil, Latviya, Makedoniya, Ozarbayjon, Armaniston kabi 20ga yaqin davlatlarning o‘quvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring.
👉https://imcho56.uz/ 

Maʼlumot uchun: Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiada har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi.