XALQARO OLIMPIADA: 3 NAFAR ISHTIROKCHI, 3 TA BRONZA MEDALI

Xabar berganimizdek, ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) bo'lib o'tmoqda. 

Mazkur olimpiadada ishtirok etgan Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilarining 3 nafari:

- Ahror Bahodirov, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi - 🥉

- Shaxzoda Xakimova, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi  - 🥉

- Sohibjon Dilmurodov, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi 🥉bronza medallari bilan taqdirlandilar.

Ma'lumot o'rnida, bu yilgi olimpiada gibrid formatda o'tkazilayotgan bo'lib, har bir ishtirokchi davlatdan 1 nafar terma jamoa rahbari bevosita qatnashadi, terma jamoa a'zolari hamda 2 nafar jamoa rahbari esa onlayn shaklda ishtirok etmoqda.