Xalqaro olimpiada g'oliblari taqdirlandi

Agentlik tizimidagi  maktab o'quvchilari xalqaro olimpiadalardagi g'olibliklari uchun taqdirlandi.Bugungi taqdirlash marosimi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 97-umumta'lim maktabida bo'lib o'tdi.

Muhammadrizo Majidov (Toshkent shahridagi Prezident maktab o'quvchisi) Xalqaro Kavkaz Matematika olimpiadasining kumush medal sohibi bo'ldi. 
Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 3 o'quvchisi 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi g'olibi:
Azimjon Jamolov-kumush medal sohibi
 Durdona Muxtarxo'jaeva - kumush medal sohibi
 Ikromiddin Boymahammadov-Bronza medal sohibi bo'lishdi. 

 G'oliblarga Prezident sovg'asi sifatida monoblok, shuningdek, ularni taqdirlash tashabbusi bilan chiqqan "O'zkimyosanoat"  AJ, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Kitob markazi kitob dunyosi tarmoq savdo markazlarining ham sovg'alari topshirildi.