XALQARO TAʼLIM EKSPERTI BILAN MULOQOT

#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment International Education tashkiloti maslahatchisi Stiv King Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻlib, taʼlim muassasasidagi oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida Stiv King ishtirokida Prezident maktabining  bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi. 

Muloqotda mehmon oʻquvchilarimizning kelgusidagi rejalari, ilmiy izlanishlari, ilgʻor loyihalari bilan qiziqib, yoshlarimizning ilmiy, ijodiy salohiyatiga yuqori baho berdi. 

Xalqaro  ekspert oʻquvchilarimizga  ta’lim sohasidagi yangi istiqbollar, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ilmiy izlanishlar va loyihalarni amalga oshirishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalar berdi.