Xalqaro ta’lim forumi doirasida oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Xalqaro ta'lim forumi doirasida oliy ta'lim tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va raqamli davrda innovatsion ta'lim mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

 Unda “Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori Elyorjon Jumayev, TUM Int rahbari Frederika Hettinger, Times Higher Education mintaqaviy direktori Lachin Italmazova va Agentlik vakillari so'zga chiqishdi.

Tadbirda ta'lim tizimiga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish, "Yangi O'zbekiston" universiteti va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik istiqbollari, xususan oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot markazlarining o'rni, raqamli ta'limning afzalliklari kabi masalalar  muhokama qilindi.