Xalqaro trening

Agentlik tizimidagi faoliyati endi boshlangan yangi Prezident maktablarining ishga qabul qilingan pedagoglari uchun treninglar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi trening Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilib, pedagoglarga dars jarayoniga zamonaviy metodikalarni joriy etish, ta’limda innovatsion usullardan foydalanish bo’yicha, shuningdek yangi o‘quv yili uchun zaruriy bilimlar va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur treninglar Agentlikning xalqaro eksperti Thomas Topham tomonidan olib borilmoqda.