Xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Yevropaning nufuzli universitetlaridan biri Myunxen Texnik Universiteti (Technical University of Munich) bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov,  agentlik direktori Hilola Umarova hamda Myunxen Texnik Universitetidan Dr.-Ing. Sven Conventz va  Jana Legtenborglar ishtirok etdi.  Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Prezident universiteti va TUM International tashkiloti o'rtasida hamkorlik olib borish mumkin bo'lgan yo'nalishlarini aniqlashdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, “TUM International” dunyo bo'ylab ilmiy va ishlab chiqarish  texnologiyalarini uzatish markazlarini yaratish  bo'yicha yetakchi provayder hisoblanadi.