Xorijiy trenerlar ishtirokida sayyor trening

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo‘limi tomonidan viloyatlarda sayyor-treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur treninglar o‘qituvchi xodimlar bilan o‘zaro fikr almashuv va muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan bo‘lib, ularda xorijlik trenerlar ishtirok etmoqdalar. Shunday sayyor-tadbirlardan biri Buxoro shahrida bo‘lib o‘tdi. 
Interfaol tarzda tashkil etilgan trening davomida turli fanlar bo‘yicha dars beradigan ustozlardan iborat qatnashchilar 21-asr pedagogika asoslari to‘g‘risida foydali bilimlarga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, Thomas Topham, Aslan Ibragim kabi trenerlar qatnashuvchilarga Prezident maktablarida qo‘llaniladigan metodikalar haqida ma’lumot berishdi. 
Tadbir davomida Prezident maktablariga o‘qituvchi kadrlarni qabul qilish jarayoni to‘g‘risidagi savollarga ham javob berildi.
Sayyor-treningning keyingi tadbiri Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi maktab-internatida bo‘lib o‘tdi.