YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FAOLIYAT BOSHLADI

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

Samarqand viloyatida Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Marosimda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, Xalq ta’limi boʻlimi vakillari, faxriy ustozlar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari, nuroniylar qatnashdi.  

Tadbir doirasida mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan mazkur maktab 288 oʻringa moʻljallangan.