Maktabning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, barchani bosh qomusimizning 31 yillik ayyomi bilan qutladi hamda so‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar chuqur bilimga ega, har taraflama barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
336 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu dargoh tumanning Mehnatobod mahallasida joylashgan sobiq mehribonlik uyi o‘rnida barpo etilgan bo‘lib, 8 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga to‘liq qayta ta’mirdan chiqarildi va har bir sinf xonalari innovatsion texnika jihozlari bilan boyitildi.
Ayni paytda o‘quv muassasasida 40 nafar pedagog va texnik xodimlar ishga jalb etilgan bo‘lib, bu yerda 179 nafar yuqori sinf o‘quvchilari uchun jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya beriladi.