"Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Massachusetts texnologiya institutining MIT.nano R&D center direktori Professor Vladimir Bulovic bilan uchrashdi.
Delegatsiya MIT.nano ilmiy izlanish markazida (R&D center) bo'lib, laboratoriyalar va eksperiment jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so'ng, universitetning o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektori, professor Elyorjon Jumayev tomonidan "Yangi O'zbekiston" universiteti taqdimoti namoyish etildi.
Taqdimot so'nggida universitetning ichki tuzilmalari va o'quv dasturlari yuzasidan o'zaro suhbat bo'lib o'tdi
Kunning ikkinchi yarmida esa, MIT e-open learning departamenti direktori Dr. Vijay Kumar, direktor o'rinbosari Julia Carolina Reynolds, Amy Taber, Mexanika muhandisligi departamenti professori John Brisson va Biznes boshqaruvi departamenti professori Anjali Sastri bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv so'ngida MIT bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.