"Yangi O'zbekiston" universitetida imtihon qaysi fanlardan bo'ladi?

❓"Yangi O'zbekiston" universitetida imtihon qaysi fanlardan bo'ladi?
❗️ "Yangi O'zbekiston" universitetida imtihonlar quyidagicha yo'nalishlar kesimida bo'lib o'tadi:
➖ Kimyo muhandisligi yo'nalishi uchun: matematika, kimyo
➖ Mexanika muhandisligi yo'nalishi uchun: matematika, fizika
➖ Dasturiy ta'minot muhandisligi yo'nalishi uchun: matematika, fizika
➖ Nano- va ilg'or materiallar muhandisligi yo'nalishi uchun: matematika, fizika, kimyo
➖ Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun: matematika, tanqidiy va mantiqiy fikrlash

❓"Yangi O'zbekiston" universitetiga kirish uchun Duo Lingo sertifikati qabul qilinadimi?
 Universitetda Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi IELTS va TOEFL Ibt sertifikatlari qabul qilinadi

❓SAT sertifikatiga ega bo'lgan abituriyent matematika fani imtihonidan ozod qilinadimi?
❗️ Yo'q, bu sertifikat abituriyentni imtihondan ozod qilmaydi.