“Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan Google Developer Groups devfest-2022 da Angry Birds o‘yini yaratuvchisi Peter Vesterbacka ishtirok etadi!

“Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan Google Developer Groups devfest-2022 da Angry Birds o‘yini yaratuvchisi Peter Vesterbacka ishtirok etadi!

 Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Digital Generation NNT va “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida Google Developer Groups  DevFest 2022 o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbir 26-noyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirga ko‘plab taniqli xorijiy mehmonlar qatori Angry Birds o‘yini yaratuvchisi Peter Vesterbacka ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Xorijiy mashhur dasturchilarning mazkur tadbirda ishtiroki yoshlarimizga yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlardan biridir.