“Yangi Oʻzbekiston” universiteti 2021/22 o'quv yili uchun arizalar qabuli boshlandi

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti 2021/22 o'quv yili uchun qabul ochilganligini e'lon qiladi.

 “Yangi O’zbekiston” universitetiga qabul  31- iyulga qadar davom etadi.  Hujjatlar newuzbekistanuniversity.uz sayti orqali online topshiriladi.

Onlayn arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
•  pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
•  umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
•  ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
•  Oxirgi uch oy ichida olingan  fotosuratning elektron varianti.

2021-2022 o‘quv yilida Muhandislik fakultetining uch yoʻnalishi bo‘yicha dasturlar taqdim etiladi:

Mexanika muhandisligi -100 ta 
Kimyo muhandisligi- 100 ta 
Dasturiy ta’minot muhandisligi- 100 ta

 Kirish imtihoni
•  Kimyo muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va kimyo
•  Mexanika muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va fizika
•  Dasturiy ta’minot muhandisligi yo'nalishi nomzodlari uchun: matematika va fizika fanlaridan

Kirish imtihonlari Cambridge tomonidan tashkil etiladi. Kirish imtihonlari savollari 9-10-11 sinf maktab darsliklari asosida Cambridge tomonidan tuzilgan.

Iqtidorli talabalarning ta'lim olishini qo'llab-quvvatlash uchun davlat grantlari mavjud. Mazkur davlat grantlarini ajratish shartlari keyingi postlarda e'lon qilinadi.