Joriy yilning mart oyida "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari Janubiy Koreyaning "Hyundai Motors" kompaniyasi laboratoriyalaridan biri bo’lgan "Nano-structured Materials Laboratory" da 2 kunlik onlayn tajribada qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Tajriba jarayonida laboratoriyada faoliyat olib boruvchi olimlar bilan muloqot tashkil etiladi.
Ma'lumot o'rnida, tez kunda Universitet tomonidan talabalarning NASA va boshqa shu kabi yirik laboratoriyalarda onlayn tajriba amaliyotini o'tashi va shu bilan bir qatorda Nobel mukofoti sohiblari bilan suhbat tashkil etish ko'zda tutilgan.