“Yangi O‘zbekiston” universitetining tantanali ochilish marosimi va forum yakuniga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Xabar berganimizdek, bugun Prezident talim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro forum yakuni va Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

Konsertda Ozbekiston xalq artistlari Munojot Yolchiyeva, Farrux Zokirov va maqom, opera va baxshichilik san’atining namoyondalari ishtirok etib, tadbirga alohida fayz bag'ishladi.