"Yashil makon" loyihasi davom etmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktablarining o'qituvchi va o'quvchilaridan iborat jamoa ham "Yashil makon" umummilliy loyihasiga o'z hissalarini qo'shishmoqda.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham ushbu loyihaga start berilib, maktab jamoasi maktab maydoniga 90 tup manzarali daraxt hamda 140 tup manzarali buta ko`chatlari ekishdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi esa mazkur tashabbus doirasida maktab hududlarini turli chiqindilardan tozalab, rejaga asosan mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini o’tkazishdi.