"Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod" mavzusida ma'rifiy tadbir

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislik instituti professor-o'qituvchilari va talabalari tashrifi munosabati bilan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludiga  bag‘ishlangan "Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod" mavzusida ma'rifiy tadbir- adabiyot va ijod bayrami o'tkazildi. Tadbirda institut prorektori,  pedagogika fanlari doktori Ro'zimurod  Choriyev, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov,QarDU professori, Senator Abduraim Erkayev,  shoirning rafiqasi Xanifa Mustafayeva, institutning Qarshi filiali rahbariyati ishtirok etdilar. Mehmonlar Abdulla Oripov haykali poyiga gul qo'yib, ehtirom ko'rsatdilar. So'ng shoir hayoti va ijodi aks etgan muzeyga, sayohat qildilar. Ijod maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda institut talabalari bilan o'tkazilgan mushoira chinakam adabiyot bayramiga aylandi. O'zaro ijodiy hamkorlikka asoslangan ushbu tadbirda kelgusidagi loyihalar, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Institut jamosi tomonidan o'quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.