“Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida Agentlik tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari ishtirok etmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 5 muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishda yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatini oshirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni amalga tadbiq etish Agentlik tizimidagi maktablarda ham izchil olib borilmoqda. 

Xususan, “Yosh kitobxon”  tanlovining respublika bosqichida Agentlik tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari ishtirok etmoqda:

 Hafiza Hasanova, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi 9-sinf oʻquvchisi 

Javohir Karimov, Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi 

 Aynura Alimojonova, Nukus shahrida joylashgan Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi