"Yoshlar markazi" da uchrashuv


"Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o’tkazilayotgan Yoshlar oyligi doirasida 10 iyun kuni Nukus shahrida joylashgan “Yoshlar markazi”da O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi. 

Muloqot jarayonida ishtirokchilarning murojaat va takliflari tinglandi. Tashkil etilgan uchrashuvda I.Yusupov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ham faol ishtirok etishib o’z fikr va takliflarini bildirdi.