Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yilda “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021 - yilga mo‘ljallangan Yoshlar dasturi” bo‘yicha, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizimni yaratish, taʼlim muassasalarida o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi va ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu xususda Agentlikning O‘quvchilarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i E’zozxon Karimova bilan suhbatlashdik.
Agentlik tasarrufidagi taʼlim muassasalarida barkamol avlodni tarbiyalashga doir maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida gapirsangiz?
-Mamlakatimizda amalgaoshirilayotgan keng ko‘lamli maʼnaviy-maʼrifiy islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – bugungi murakkab va tahlikali zamonda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz farovonligini taʼminlash, yoshlarimizni milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik va yaratuvchilik ruhida tarbiyalashdir. So‘nggi yillarda maʼnaviyat, maʼrifat masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida katta eʼtibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-430-sonli qarori, 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5040-son qarorlari bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Albatta, Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida barkamol avlodni tarbiyalashga doir maʼnaviy-maʼrifiy va psixologik yo‘nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda yuqoridagi qarorlarda belgilab berilgan vazifalar eʼtiborga olinmoqda.
Jumladan, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizimni yaratish, ayniqsa, yoshlarni maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samarasi va taʼsirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yana-da kengaytirish, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish borasida bo‘lim tashabbusi bilan qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminar va konferensiyalar tashkil etilmoqda.
Agentlik tizimida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021 - yilga mo‘ljallangan Yoshlar dasturi”, “2021- yilning 1- va 2-choragi davomida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Ushbu dasturlar doirasida Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari o‘rtasida “Eng namunali maktab”, o‘quvchilar o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening qo‘shgan hissam” tanlovlarini, o‘quvchilar va pedagoglar o‘rtasida “Uchinchi rennesans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha Nizomlar ishlab chiqildi. Hozirda ushbu tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishni taʼminlash yuzasidan tashkiliy-huquqiy asoslar ko‘rib chiqilmoqda.
2021- yilning yanvar-aprel oylari davomida 30 dan ortiq seminar, 4 ta ilmiy-amaliy va metodik konferensiya, 40 dan ortiq sport tadbirlari va 100 dan ortiq turli tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilganligini maʼnaviy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan ishlarning ko‘lami kengayib borayotganligini ko‘rsatadi.
Joriy yil iyun oyida Agentlik doirasida “Bugunning bolasi – yil sarhisobi” taqdirlash marosimini o‘tkazish yuzasidan ish olib bormoqdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-oktyabr 2020-yil PQ-4865-sonli “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, joriy yilning 4-fevral kuni Alisher Navoiyning hayot yo‘li, ijodiy merosini o‘rganish va uni taʼlim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishni takomillashtirish, shoir asarlarini o‘rgatishda mavjud yondashuvlarni takomillashtirish va ularni yangilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan “Navoiyni anglash yo‘lida” mavzusida respublika ilmiy-metodik konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada nafaqat oliy taʼlim vakillari va Respublika miqiyosida tan olingan professor-olimlar, balki maktablarda o‘z faoliyatini yuritayotgan tajribali o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ham o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi. Ushbu tadbir Agentlik saytida hamda maktablarning ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritildi.
Joriy yilning 6-fevral kuni Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy maktab o‘quvchilari tomonidan mobil ilovasining taqdimoti o‘tkazildi. Bunda o‘quvchilar tomonidan texnik meʼyornoma ishlab chiqildi. Agentlik tizimidagi ijod maktab o‘quvchilari bilan birga Alisher Navoiy nutqiga doir 100 ga yaqin hikmatli so‘zlar matni, g‘azallari, ruboiylari, tuyuqlari yetti xil tilda jamlash hamda ovozlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy maktab o‘quvchilari tomonidan mobil ilovaning IT qismi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirda dizaynini boyitish ustida ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda 14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni keng nishonlandi. Har bir maktab joylashgan hududdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy qismlari bilan hamkorlikda yuqori saviyada maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etildi. 2021-yil 15-yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan Agentlik tizimidagi Toshkent shahar Prezident maktabi o‘quvchilari , Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati o‘quvchilari, Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarga chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan markazlashgan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbir Mudofaa vazirligi Faxriylar Markaziy kengashi aʼzolari, Qurolli Kuchlar harbiy orkestr xizmati, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli bilan hamkorlikda Qurolli Kuchlari Davlat muzeyida “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida tashkil etildi. Bunda tadbir ishtirokchilari o‘z isteʼdodlarini tamoyish etdilar.
19-yanvar kuni O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvarlik” tashkilotining Toshkent shahar tashkiloti “Olmozor o‘quv sport texnika klubi” unitar korxonasida Toshkent shahrida joylashgan Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “O‘q otish” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida Alisher Navoiyning 580 yilligiga hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligiga bag‘ishlab g‘azal va ruboiylarini qay darajada bilishlarini va yoddan aytishlari uchun chellenj, videoroliklar namoyishlari, Navoiy va Bobur hazratlarining portretlarini shakllantirildi va eng sara rasm mualliflari rag‘batlantirildi, Navoiy va Bobur asar(g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard)lariga hamda ijodlariga bog‘ishlangan sheʼr va maqolalar chop etildi.
Maʼnaviyat va maʼrifat kanalida tayyorlangan ko‘rsatuvida Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari tomonidan sheʼrlar yod olindi. "Alisher Navoiy so‘z mulkining gultoji" shiori ostida adabiy-badiiy tadbir, 4 fevral kuni Toshkent shaxar ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavvaludiga bag‘ishlangan maʼnaviy maʼrifiy kecha o‘tkazildi. Kechada ichki ishlar xodimlari tomonidan Alisher Navoiy g‘azallari turli tillarda o‘qib berildi, shundan so‘ng ularning ishtirokida saxna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga taqdim qilindi. Adabiy kecha maktab o‘quvchilarida katta tassurot qoldirdi. Adabiy kecha boshlanishida esa Ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi akademik litseyning “Qalqon” jamoasi o‘zlarining harbiy chiqishlari bilan hammani xushnud qilishdi. “Navoiyga ehtirom”, “Alisher Navoiy lirikasida ilm-fan, kasb-hunarning ulug‘lanishi” mushoira, “Quyoshning istasang, kamol kasb et” sheʼriyat kechasi, “Alisher Navoiy maʼnaviyat gultoji” davra suhbati, “Navoiyga ehtirom”ijodiy tanlov, “Bori elga yaxshiliq qilgilki, mundin yaxshi yo‘q” adabiy-badiy kecha, Z.M. Boburning”Mangu barhayot siymolar” badiiy kechalari, “Olamda ne hikmat-u, maʼni bor, Navoiy gulshanida bor” mavzusida adabiy-musiqali kechalar va mushoiralar tashkil etildi va o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar Agentlik saytida hamda maktablarning ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga tadbiq etish, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbariyati tomonidan joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.
2021-yil 9-mart kuni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Raqamli avlod qizlari - 2021” forumi mamlakatimizda qizlarning axborot-texnologiyalari sohasiga qiziqishini oshirish hamda ishtirokini rag‘batlantirishga, taʼlimni targ‘ib qilishga va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Xilola Umarova mazkur forumning bugungi davr uchun ahamiyati xususida, ushbu loyiha eshitishda nuqsoni bor qizlarga ham o‘z iqtidorlarini namoyish etish imkoni yaratilishini taʼkidlab o‘tdi. Qatnashchilar taʼlim, tibbiyot, turizm soholarida maʼlum ijtimoiy muammo yechimiga yo‘naltirilgan loyihalar ishlab chiqishdi. Forumda eshitishga nuqsoni bor qizlar ham iqtidorlarini namoyish etishdi.
Joriy yilning 15- mart kuni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan “Qo‘qon olimpiadasi” g‘oliblari va ularning ota-onasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Agentlik rahbari Hilola Umarova hamda Qo‘qon universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov so‘zga chiqib, o‘quvchilarni yutuqlari bilan tabriklashdi. Tadbir yakunida g‘oliblarga o‘z yutuqlari avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.
16-mart kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabida agentlik rahbariyati tomonidan “Qo‘qon olimpiadasi” da ishtirok etgan barcha o‘quvchilar uchun uchrashuv tashkil etildi va iqtidorli yoshlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ushbu uchrashuvlar Agentlik saytida hamda maktablarning ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borildi.
Agentlik rahbariyati bilan tizimda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toshkent shaharidagi Prezident maktabi faoliyati haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida ko‘rsatuv tayyorlandi va efirga uzatildi.
“O‘zbekiston” telekanalining “Kelajakka yo‘l” qo‘rsatuvida taʼlim tizimida olib borilayotgan islohatlar, Prezident maktablariga qabul, hozirgi kunda iqtidorli yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ko‘rsatuv tayyorlandi. Bunda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni agetligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi. Har tamonlama yetuk, jamiyatimizga munosib kadrlarni tarbiyalash agentlik tizimining oldigan ko‘ygan oliy maqsadi hisoblanadi.
Agentlik rasmiy veb-saytidagi “Yoshlar siyosati” rukni uchun maʼlumotlar tayyorlanib va muntazam ravishda yangilab borilmoqda.
Ijod maktablariga nomlari berilgan atoqli adiblarning tavallud kunlariga bag‘ishlangan Agentlik tizimidagi maktablarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va sheʼriyat kechalari o‘tkazilib kelinmoqda. 2021-yil 1-mart kuni Zulfiya tavalludining 106 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “O‘zbegim Zulfiyasi” nomli turkum tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab tashkilot va muassasalar tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Respublikamizning turli hududlaridan kelgan mehmonlar ham ushbu marosimda ishtirok etishdi. Jizzax davlat Pedagogika instituti Madaniyat saroyida “Zulfiya ijodi va adabiy badiiy merosining halqaro ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiyani Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari N.Muxtorova ochib berdi. Shundan so‘ng Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi rahbari X.Umarova konferensiya ishtirokchilarini qutladi. Konferensiya doirasida uch nafar maʼruzachilar jumladan, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan Xa Nargiza Umarovna ishtirok etib maʼruza qildi. Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun jami 150 ga yaqin ilmiy maqolalar nafaqat yurtimiz, balki boshqa davlatlardan kelib tushdi.
Joriy yilning 18-mart kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan tashkillashtirilgan buyuk shox va shoir, mutafakkir olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 627 yilligiga bag‘ishlangan “Samo sirlarini kashf etgan siymo” nomli adabiy-badiiy kechasini Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri bilan hamkorlikda Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Muqimiy teatri jamoasi va maktab-internat o‘quvchilari bilan Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidan lavha ijro etildi. Teatr xonandalari tomonidan qo‘shiq va raqs ijro etildi. O‘quvchilar tomonidan esa sheʼr yod olindi va “Tanovor” kuyiga raqs ijro etildi.
2021-yil 19-mart kuni Abdulla Oripov ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Nazm dorilfununining buyuk shoiri” nomli maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga turli tashkilotlardan mehmonlar tashrif buyurishdi. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Qarshi shahri va Qarshi tumanidan maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, Qarshi davlat universiteti filologiya kafedrasi o‘qituvchilari, harbiy qismdan harbiylar va shoirning yaqin qarindoshlari adabiy kecha mehmoni bo‘ldilar. Kechaning yana bir ahamiyatli jihati shunda bo‘ldiki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov hamda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali rektori Qalandar Abdurahmonovlarning shoir Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlab yozilgan “O‘zbekiston - dilbar vatanim...” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda Abdulla Oripov ijod maktabi o‘quvchilarining adabiy-badiiy kompozitsiyalari namoyish etildi.
26-mart kuni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi tasarrufidagi ijod maktablarining ijodkor o‘quvchilari o‘rtasida “Mitti yulduz jilolari” sheʼriyat musobaqasi onlayn tarzda tashkil etildi. Ushbu tanlovda Erkin Vohidov ijod maktabi 1-o‘rinni, Abdulla Oripov ijod maktabi
2-o‘rinni, Isʼhoqxon ibrat ijod maktabi 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblar Qashqadaryo viloyat xokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandilar.
26 mart kuni Abdulla Oripov xonodonida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va adibning yaqinlari bilan birga shoirning yodgorlik lavhasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qarshi davlat universiteti va Abdulla Oripov ijod maktabi hamkorligida “Abdulla Oripovning badiiy va ilmiy-tanqidiy merosi” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi eʼlon qilingan. O‘zbek sheʼriyatidagi tadqiq va talqin masalalariga bag‘ishlangan maqolalar kelishi davom etmoqda.
Agentlik tasarrufidagi taʼlim muassasalarida o‘quvchilar shaxsining rivojlanishiga va psixologik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda qanday ishlar amalga oshirildi?
-O‘quvchilarning ruhiy holatini o‘rganish, ularni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida tizimda faoliyat yuritayotgan psixologlar faoliyatini muvofiqlashtirish, psixologlar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar va barcha pedagoglar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishliligi bo‘yicha metodik tavsiyalar bilan taʼminlab borilmoqda.
Maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat, Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Oila”, “Mahalla”, “Nuroniy”, shuningdek boshqa jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan samarali amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarining huquqiy va tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ekologik tarbiyani shakllantirish, uni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Ichki ishlar, Adliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, shuningdek boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda.
20 dan ortiq IIB xodimlari bilan, 30 dan ortiq Sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar bilan, 20 dan ortiq Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan va 40 dan ortiq qolgan hamkor tashkilotlar bilan seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Jumladan, ana shundan hamkorlik doirasida yanvar-aprel oylari davomida Ijod maktablarida taniqli ijodkor va adabiyotshunos olimlar ishtirokida “Mahorat darslari” Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tuzilgan reja asosida asosida tashkil etilib, o‘quvchilar shoir va yozuvchilardan sheʼr yozish mahoratini, nazm va nasm bo‘yicha saboqlarni, ona tili va adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, tilshunoslik asoslari va nazariyasini, yozuvchi asardagi kompozitsiya va syujet haqida maʼlumotlarni, taʼlimdagi yangi loyihalar, malaka oshirish imkoniyatlarini, o‘zbek adabiyotidagi o‘zgarishlar haqida bilim olishmoqda.
2021-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Qo‘shma-qaror imzolandi.
Joriy yilning 19-fevral kuni Abdulla Oripov maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari N.Rizayev, G‘. Abdiyev, Emma Arslonova, O. Mo‘minova hamda D. Imomovalarning davra suhbati tashkil etildi.
2021-yil 3-mart kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabida taʼlim muassasasi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda M.Ulug‘bek tuman yoshlaridan 60 nafar ishtirokchilar ishtirokida M.Ulug‘bek tuman yoshlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va yoshlarni muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan anjuman tashkil etildi. Bunda Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtyozlar to‘g‘risida, “Yoshlarda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida psixologik treninglar dastur asosida o‘tkazildi.
2021-yil 27-mart kuni hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov va bir qancha davlat idoralari masʼullari yoshlar bilan muloqot qilishdi, ularning muommo va takliflarini o‘rganishdi. Uchrashuvda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Amirullo Abdullayev ham ishtirok etdi. Yoshlarning fikr, maqsad va muommolari tinglandi, turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyat yaratib berish taʼkidlandi. Jumladan, ularning bir nafariga sport kompleksi ochish uchun kredit ajratilishi aytildi hamda o‘quv markazi ochishni reja qilgan 2 nafar universitet bitiruvchilari uzoq muddatlik arzon ijara joy bilan taʼminlanadigan bo‘ldi.
Ommaviy axborot vositalari orqali bo‘lim faoliyatiga oid qanday targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi?
-2021-yilning yanvar-mart oylari davomida Respublika va viloyat, teleradiokompaniyasi, Respublika va viloyat radiosi, “O‘zbekiston-24”, O‘zbekiston telekanali, Madaniyat va maʼrifat telekanali orqali tadbirlar va chiqishlar yoritilib boriladi.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Abdulla Oripov. Yurtim shamoli” nomli hujjatli film olish jarayoni boshlandi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati