Yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalash yo'lida

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash oid davlat siyosatini yuqori saviyada tashkillashtirish, ularni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism tomonidan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining harbiy xizmatga qiziqishlarini orttirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi va belgilangan vazifalar yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumi doirasida joriy yilning 13-oktabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismiga tashrif buyurishdi. O‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat, sodiqligi, qat’iyatliligi, o'z ustida muntazam shug'ullanishi uchun barcha qiyinchiliklarni yengishini, fidoyiligini shakllantirish maqsadida “Harbiy qismda mening bir kunim” loyihasi o‘tkazildi. Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy jangovor mashg‘ulotlariga ularning shayligi qay darajada ekanliklariga guvoh bo‘lishdi. Kun davomida o‘quvchilarga otish qurollar, harbiy texnikalar, harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar, oshxona va kutubxonalar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

Xulosa o‘rnida aytganda, o‘tkazilgan bu kabi keng ko‘lamli tadbirlar o‘quvchilarni Vatanga bo‘lgan muhabbat, ota-onaga sadoqat va yaxshilik qilish tuyg‘ularini yanada oshishiga xizmat qiladi.