Yoshlarni qo'llab-quvvatlash kelajakka investitsiya kiritishdir

Kelajak bugundan boshlanadi, deydilar. Bugungi izlanishlar va mehnat, albatta o‘z samarasini bermay qolmaydi. Yoshlar, ayniqsa o‘zlariga berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib qolishlari kerak. Zero, kelajak yoshlar qo‘li bilan bunyod qilinadi.
Yurtimizning iste’dodli yoshlari tahsil olayotgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktab o‘quvchilari turli yutuqlarga erishishda davom etmoqdalar. Jumladan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9 nafar o‘quvchisi Ona tili va adabiyoti fanidan yuqori ballik Milliy sertifikatga ega bo‘lishdi:
1.  Oblaqulova Ruxshona
2.  O‘razova Gavhar
3.  Umirova Zaynab
4.  Omonov Laziz
5.  Baxromova Dilbar
6.  Eshmanova Dildora
7.  Islomova Marjona
8.  Panjiyeva Rushana
9.  Ro‘ziyev Nasim
Ma’lumki, o‘tgan yilning 1-dekabridan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan, unga ko‘ra 2021/2022 - o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda OTM bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi qabul qilingan edi. Maktabning 9 nafar o‘quvchisi Milliy sertifikatni qo‘lga kiritish orqali O‘zbekistondagi OTM lardan birida o‘qishlarini davom ettirish bo‘yicha muhim qadamni amalga oshirdilar.
Bundan tashqari, mazkur maktabning yana 5 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS sertifikatiga ega bo‘lishdi. Bular:
1.  Omonov Laziz
2.  Samiyeva Baxtigul
3.  Rajabova Gulinur
4.  Amirqulova Parinamo
5.  Panjiyeva Rushana

Shuningdek, xorijiy tillarni bilish dunyoqarashning keng, tasavvurning boy  bo‘lishiga xizmat qilishi hech kimga sir emas. O‘quvchi yoshlarning jahon muloqot tili hisoblangan ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishlari ularning kelajak uchun qo‘ygan dadil qadamlari demakdir. 
Shuningdek, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Baxtibaeva Rayxan Koreya Respublikasidagi Incheon National University oliy o'quv yurtining jurnalistika yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. U endi ta’limni Janubiy Koreya Respublikasida davom ettirish imkoniyatiga ega. 
O‘zbekistonda bunday yoshlar minglab topiladi va ularning har bir erishayotgan yutug‘i insonga kelajakka nisbatan ishonch va umid uyg‘otadi. Yoshlar Vatanimizning kelajagidir, shunday ekan ularni qo‘llab-quvvatlash bir vaqtning o‘zida kelajakka investitsiya kiritish hamdir.