“Yozgi oromgoh – besh tashabbus biz bilan”

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatini oshirish hamda murakkab mavzular ustida qo‘shimcha topshiriqlar asosida ishlash maqsadida “Yozgi oromgoh – besh tashabbus biz bilan” shiori ostida "Yozgi oromgoh" faoliyat olib bormoqda. 
"Yozgi oromgoh" IT, adabiyot, ona tili, ingliz tili, musiqa, sport, ijodiy to‘garak, kitobxonlik, tasviriy san’at, fan va ixtisoslashtirilgan to‘garaklarga qatnashish istagida bo‘lgan o‘quvchilar uchun onlayn (tumanda yashovchilar uchun) va an’anaviy (shahardan qatnaydiganlar uchun) tarzda tashkil etilgan.

Xususan, "Yozgi oromgoh" doirasida "Musiqa" to‘garagining mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda to‘garak rahbari Z.Boboxo‘jayev o‘quvchilarga musiqa asboblaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berdi.